Homiladorlikning 20-haftasi

Homiladorlikning 20-haftasi muborak bo‘lsin! Yarim yo‘lni ortda qoldirdingiz! Yo‘lning keyingi yarmini bosib o‘tishingiz ruhan oson kechadi, zero siz g‘imir-g‘imirlari ancha sezilarli bo‘lib qolgan kichkintoyingizni yaxshi ko‘rib qolishga ulgurdingiz. Ikkinchi majburiy UZIni o‘tkazishning vaqti keldi, yana bir qancha tahlillardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Homiladorlikning 20-haftasida qorin o‘sadi, tanish-bilishlar yangi mehmon kutayotganligingizni o‘zingizdan so‘rashadi. Eng oson va farovon […]
Homiladorlikning 19-haftasi

Homiladorlikning 19-haftasiga kelib ko‘pgina ayollar jimitning qimirlashini sezayotgan bo‘lishadi. Ayrimlar har bir harakatni aniq-tiniq eshitadi, ba’zilar ilk “kapalak pirillashi”ni taxmin qiladi. Bo‘lajak onaning vazni asta-sekin oshib boradi, yonboshi yiriklashadi. Bola ham o‘sadi, vazni ortib boradi, u borgan sayin kichkina odamchaga o‘xshab ketadi. Homiladorlik o‘zining ekvatoriga yaqinlashib bormoqda, bu esa quvonch bag‘ishlamay iloj yo‘q. Homiladorlikning 19-haftasida […]
Homiladorlikning 18-haftasi

Beshinchi oy davom etar ekan, qarabsizki, siz homiladorlikning 18-haftasiga yetib keldingsiz. Ko‘p ayollar kichkintoyning qimirlashini aniq-tiniq sezadilar, bu onaga alohida quvonch bag‘ishlaydi. Homiladorlikning 18-haftasida qorin kattalashadi, uni endi sezmaslikning iloji yo‘q, aslida ayol go‘zalligining bu eng oliy darajasini yashirishga hojat bormi? Mazkur muddatda ko‘pgina homilador ayollar ichkaridan kindikka bosim o‘tkazilishidan shikoyat qiladilar. Bunga tez o‘sayotgan […]
Homiladorlikning 17-haftasi

Homiladorlikning 17-haftasidan e’tiboran homiladorlikning beshinchi oyi boshlanadi. Biror-bir noxush sezgilar bilan qamrab olinmagan qulay davr. Lekin ba’zi o‘zgarishlarni siz baribir sezasiz: balki bu milklarning qonab turishi bo‘lar, balki kuchli terga botish yoki qindan ko‘p miqdorda ajralma chiqishi bo‘lar. Ko‘proq hordiq chiqaring, vaqtida uyquga yoting va o‘zingizni ortiqcha yumushlar bilan toliqtirmang: shunda homiladorlikning beshinchi oyi siz […]
Homiladorlikning 16-haftasi

Homiladorlikning 16-haftasi – hammasi o‘z me’yorida ketmoqda, ikkinchi trimestr toksikoz va kayfiyat “sakrashi”ning barham topganligi bilan sizni hali ham xursand qilayotir. Kichkintoy tez o‘smoqda, qorin dumaloqlashib bormoqda, bo‘lg‘usi ona esa ushbu betashvish kunlardan rohat oladi.
Homiladorlikning 15-haftasi

Homiladorlikning 15-haftasi – bir qarashda, hech qayeringiz og‘rimayapti, noxush sezgilar yo‘q, ishtahangiz zo‘r, lekin bo‘lg‘usi onani nima bezovta qilyapti? Aynan shu davrda ba’zi homilador ayollar terisining quruqlashganini, tirnoqlar sinuvchan bo‘lib qolganini, sochlar esa odatdagidan ko‘proq to‘kilayotganini sezishadi.
Homiladorlikning 14-haftasi

Homiladorlikning 14-haftasi – bosib o‘tiladigan bu katta yo‘lning eng ko‘ngildagidek o‘tadigan bosqichlaridan biri hisoblanadi. O‘zingizni yaxshi his etasiz, sizning maxfiy holatingiz haqida ko‘pchilik hali bexabar, kichkintoy esa siz bilan muloqotda bo‘lishni talab qiladi. U onaning ovozini eshitadi, kayfiyatini his etadi – jimit bilan gaplashadigan palla keldi.
Homiladorlikning 13-haftasi

Homiladorlikning 13-haftasida o‘z xavotir va xatarlari bilan birinchi trimestr ham, dastlabki skrining va hisobga qo‘yishlar ham ortda qolmoqda. Bu homiladorlikning bir qadar osoyishta davri hisoblanadi: yoqimli o‘y-xayollar surish, bo‘lg‘usi kichkintoy to‘g‘risida orzu-havas qilish va yangi garderobni taxt qilish uchun ayni palladir. Lekin o‘zingizni yaxshi his qilishingiz – butunlay o‘zni bo‘sh qo‘yishga sabab bo‘lolmaydi, balki turli […]
Homiladorlikning 12-haftasi

Homiladorlikning 12-haftasini shifokorlar bejiz kichkintoyning birinchi yubileyi deb atashmaydi. O‘zingizni tabriklasangiz bo‘ladi: yo‘lning uchdan birini bosib o‘tdingiz, dastlabki xavotirli trimestr ortda qoldi. Bola tushib qolishi xavfi anchagina kamaygan, demak, endi qarindoshlar, do‘stlaringiz va rahbaringizni bu sirdan voqif etsangiz bo‘laveradi. Bu muddatda ayol hisobga turgan bo‘ladi, endi u 3–4 haftada bir marta shifokor ko‘rigiga borib turadi. […]
Homiladorlikning 11-haftasi

Homiladorlikning 11-haftasi – birinchi trimestr oxirlamoqda, toksikoz “chekinmoqda”, bo‘lg‘usi ona esa bachadoni o‘sib borayotganini sezishni boshlamoqda. Tashqi o‘zgarishlar hali unchalik sezilmasa-da, biroq ichki tomondan har bir ayol yangi holatga amalda moslashib bo‘lgan. Homiladorlikning dastlabki xavotirli haftalaridagi qo‘rqishlar ortda qolgan, bo‘lg‘usi ona emotsional bardoshli bo‘lganini sezmoqda.