Ayollar uchun homiladorlik haqida sayt

Homiladorlikning 40-haftasi

Tug‘ruqni kun sayin emas, hatto soat sayin kutishga o‘tganmiz. U istalgan paytda boshlanib qolishi mumkin. Yaratganning O‘zi bu muddatni belgilab bergan, bizning hisob-kitoblarimiz esa faqat taxminiy chamalashga asoslanadi. Kichkintoy o‘zini qanday his qiladi Bolakay bachadonni butunlay egallab olgan, uning harakatlari sekinlashmoqda, faolroq bo‘lish uchun unga joy torlik qiladi. Hozirgi paytda bolaning vazni 3,2–3,8 kg ni, […]

Homiladorlikning 39-haftasi

Homiladorlik to‘qqizinchi oyi o‘rtasi. Agar siz hali tug‘magan bo‘lsangiz homiladorlikning 39-haftasida farzandingiz dunyoga kelishining ehtimoli juda katta. Bolakay “dunyoga chiqish” uchun to‘liq tayyor. Onaning organizmi ham tayyor. Buyog‘iga juda oz qoldi. Kichkintoy o‘zini qanday his qilmoqda Bolajon shakllanib bo‘lgan va o‘sishda davom etmoqda. Deyarli mustaqil odamchaning vazni hozir 3–3,5 kg, bo‘yi – 50–53 sm ni […]

Homiladorlikning 38-haftasi

Tug‘ruq bugun yoki ertagayoq boshlanishi mumkin yoxud yana bir oy “sabr qilishi” ham ehtimoldan xoli emas. Bularning hammasi – normal holat. Agar siz qiz farzand kutayotgan bo‘lsangiz, uning aynan shu haftada tug‘ilishi ehtimolga yaqinroq. Odatda qizlar dunyoga kelishlari bilan odamni xursand qilishga shoshiladilar. Uzoq vaqt yolg‘iz qolmaslikka harakat qiling. Agar yoningizda hech kim bo‘lmasa, telefon […]

Homiladorlikning 37-haftasi

Homiladorlikning 37-haftasi – to‘liq tayyorgarlikning yana bir haftasi! Agar bu sizning birinchi homiladorligingiz bo‘lsa, u holda siz qirqinchi haftagacha borib, keyin rejadagidek tug‘sangiz kerak. Agar bolalaringiz bo‘lsa yoki qorningizda egizaklarni olib yurgan bo‘lsangiz, unda 37-haftadayoq tug‘ishingiz mumkin. Lekin bu muddatidan oldin tug‘ishga kirmaydi. Ushbu davrdan boshlab sizning homiladorligingiz tibbiy me’yorlarga ko‘ra homilaning yetilgan davri hisoblanadi. […]

Homiladorlikning 36-haftasi

Doktor huzuriga odatdagidan ko‘proq qatnaysiz, u yo‘ldoshning holatini o‘rganadi. Siz, oilangiz va shifokor kutishdan boshqa ish qilmaysizlar. Tug‘ruqxonaga olib ketiladigan sumkangiz shay turibdi, siz tug‘ishga tayyorgarlik ko‘raverasiz, yaxshi adabiyotlarni o‘qiysiz va yaqinda tuqqan onalar bilan shirin suhbatlar qurasiz. Homiladorlikning 36-haftasi – bolaning vazni Kichkintoyni qorinda olib yurish jarayoni o‘z me’yorida kechsa va kamsuvlik holati yuz […]

Homiladorlikning 35-haftasi

Go‘dagingiz qorin ichida “yetilmoqda”, uning barcha organlari bor, hammasi ishlab turibdi. Hademay u tos sohasiga tushishni boshlaydi va nihoyat onaning nafas olishi osonlashadi. O‘ttiz beshinchi hafta – ona to‘liq jangovor tayyorgarlikda. Almashinuv kartasini doim yoningizda olib yuring, telefoningiz akkumulyatori zaryadlangan, hisobida esa yetarli mablag‘ bo‘lishi kerakligini e’tibordan qochirmang. Hali erta bo‘lsa ham, har ehtimolga qarshi-da. […]

Homiladorlikning 34-haftasi

Homiladorlikning 34-haftasi yetib kelganda bo‘lg‘usi onani ko‘zdan qochirmaslik kerak. Yoki uning o‘zi holatini vijdonan nazoratga olishi lozim. 34-haftada Brekston Xiks to‘lg‘oqlari tobora muntazamroq ro‘y beradi – bachadonning yuqori qismida yuzaga keladigan og‘riqlar butun qorin sohasi bo‘ylab tarqalib, keyin to‘xtaydi. Lekin bu tug‘ruq vaqtida bo‘ladigan haqiqiy to‘lg‘oq og‘rig‘i emas, shuning uchun undan xavotirlanmang. Bordiyu suv ketish […]

Homiladorlikning 33-haftasi

Hammasi joyida. Homiladorlikning 33-haftasi keldi. Onadagi kamqonlik o‘tib ketdi, bolakay yana bir santimetrga o‘sgan. Qorin ichi unga tobora torayib bormoqda. Kichkintoy tushlar ko‘ra boshlagan. Ehtimol, o‘ttiz uchinchi haftada ona ham tushida yorqin va quvnoq “multfilmlar” ko‘ra boshlaganining sababi shu bilan bog‘liqdir. Homiladorlikning 33-haftasi – bolaning vazni Homiladorlikning 33 – 34-haftalik muddatida deyarli oy-kuni yetgan bola […]

Homiladorlikning 32-haftasi

Onaning qadam tashlashi tobora og‘irlashib boradi: bu homiladorlikning 32-haftasi alomatlaridan. Qorin ichidagi bolakay borgan sayin sezilarli bo‘lib, faollashib boradi. Tug‘ruq kunlariga sanoqli vaqt qolgan. Ona ayollar maslahatxonasiga ikki haftada bir marta qatnaydi, agar tez to‘lishayotganligini sezsa, mazkur muddatda uglevodlar va sut iste’molini to‘xtatsa bo‘ladi. Homiladorlikning 32-haftasida bolaning vazni Siz homiladorlikning 32-haftasidasiz – bolaning vazni muntazam […]

Homiladorlikning 31-haftasi

Tug‘ruq tobora yaqin. Bolakay kun sayin o‘sadi, vazni oshib boradi, yangidan-yangi odatlarni o‘zlashtiradi. Ona qandaydir noqulaylikni his etadi, yurishi og‘irlashadi va nafas olishga qiynaladi. Kichkintoy borgan sayin ko‘proq joyni egallab boradi hamda ishora beradi: hademay tug‘ilaman! Homiladorlikning 31-haftasi – bolaning vazni Ertaklardagidek – kun emas, soat sayin o‘sib boramiz. Bolacha faol tarzda mushak massasini to‘playdi, […]