Skip to main content

Ayollar uchun homiladorlik haqida sayt

Homiladorlikning 10-haftasi

Homiladorlikning 10-haftasi bilan homiladorlik rivojlanishining eng murakkab va keskin davrlaridan biri yakunlanadi. Aynan dastlabki 8–10-haftalarda stress, onadagi kasalliklar (shu jumladan O‘RK), shuningdek turli xil dori preparatlarini qabul qilish singari salbiy ta’sir qiluvchi omillar xavfli hisoblanadi. Bularning hammasi kichkintoyning ichki organlariga asos solinishi va ularning shakllanishi jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Homiladorlikning 9-haftasi

Homiladorlikning 9-haftasi – bo‘yida bo‘lgan kundan boshlab taxminan yettinchi haftani tashkil etadi. Tuxumhujayraning urug‘langan aniq kunini belgilash qiyin bo‘lgani tufayli, bo‘yida bo‘lgan paytdan boshlab olti hafta ham, to‘liqsiz sakkiz hafta ham o‘tgan bo‘lishi mumkin. To‘qqizinchi akusherlik haftasi homiladorlik holatining uchinchi oyini boshlab beradi. Albatta, atrofdagilarning hammasi ham tanangizdagi tashqi o‘zgarishlarni seza olmaydi, buning ustiga kayfiyatingiz […]

Homiladorlikning 8-haftasi

Homiladorlikning 8-akusherlik haftasi oltinchi embrional haftaga to‘g‘ri keladi. Agar odatiy oylar bo‘yicha hisoblanadigan bo‘lsa, bu ikkinchi oyning tugashidir. Bu vaqtda aksariyat ayollar homilador ekanliklarini bilgan bo‘ladilar. Bilmaganlar ham buni payqay boshlaydilar, sababi ushbu vaqtda belgi-alomatlar kuchayayotgan bo‘ladi. Shunday qilib, bu vaqtda ayol va embrionda qanday o‘zgarishlar yuz berayotgan bo‘ladi? Homiladorlikning 8-haftasidagi sezgilar Avvallari paydo bo‘lgan […]

Homiladorlikning 7-haftasi

Homiladorlikning 7-haftasi bo‘yida bo‘lgandan boshlab beshinchi haftaga va hayz ko‘rish to‘xtaganining uchinchi haftasiga muvofiq keladi. Oyma-oy hisoblaganda, u ikkinchi oyning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda organizmda qayta qurilish jarayonlari yuz beradi, gormonal fon o‘zgaradi hamda homiladorlik alomatlari yanada ravshan ko‘rina boshlaydi. Ko‘pchilik toksikoz, umumiy toliqish va madorsizlikka uchraydi, lekin ayrim baxti kulganlar uchun bu […]

Homiladorlikning 6-haftasi

Har bir yangi kun homilador ayol uchun o‘ta muhim va o‘ziga xos bo‘ladi, homiladorlikning 6-haftasi ham, albatta, bundan mustasno emas. Bu davrda ayol kishining organizmida qiziqarli va ajoyib o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shifokorlar homiladorlikni haftalarda hisoblashadi – ular uchun bu 42 akusherlik haftasini tashkil etadi. Onajonlar esa intizorlik bilan har bir kunni hisoblashadi – tanish-bilishlar homiladorlik […]

Homiladorlikning 5-haftasi

Homiladorlik – o‘ta nozik va noyob jarayon hisoblanadi. Shuning uchun uning qanday kechishi juda muhim ahamiyatga ega. Homiladorlikning 5-haftasi akusherlik hisob-kitoblariga muvofiq bo‘yida bo‘lgan paytdan boshlab uchinchi hafta hisoblanadi. Bo‘lg‘usi ona homiladorlikning 5-haftasida uni nimalar kutayotgani, ayol kishi qanday belgi-alomatlarni his etishi mumkinligi, bu muddatda bola qanday rivojlanayotgani haqida boshqalardan ko‘ra ko‘proq bilgisi keladi. Umuman […]

Homiladorlikning 4-haftasi

Homiladorlik har bir ayolning hayotida eng hayajonli va yoqimli voqea hisoblanadi, shubhasiz. Ajoyib yangilikdan xabar topgach, har bir bo‘lg‘usi ona uning kichkintoyi qanday rivojlanayotgani, his-tuyg’u borasida va har bir bosqichda ayolning organizmida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘layotgani haqida ko‘proq bilishni istaydi. Tabiiyki, bo‘lg‘usi onalar 4-haftada homiladorlikni qadnay qilib aniqlash mumkinligini va kichkintoylari qachon tug‘ilishini hisoblab chiqishni […]

Homiladorlikning 3-haftasi

Homiladorlikning 3-haftasi boshlandi. Bu hal qiluvchi va homiladorlikni “rejalashtirish”dan uning haqiqatda mavjud bo‘lgan davriga o‘tish pallasi hisoblanadi. Agar tuxumhujayra ikkinchi haftaning oxirida urug‘lanmagan bo‘lsa, u holda uchinchi hafta homila bo‘lish uchun eng maqbul vaqtdir. Aslida, ovulyatsiya 12–14-kunlari yuz berishi kerak edi. Akusherlik homiladorligining 3-haftasi – o‘ta muhim davr hisoblanadi, chunki aynan shu vaqtda homila faol […]

Homiladorlikning 2-haftasi

Nihoyat akusherlik homiladorligining birinchi haftasi tugadi. Shundan keyin ayol organizmida qanday o‘zgarishlar yuz beradi? “Ovulyatsiya”da qanday sir-asror bor? Homilali bo‘lishlik ehtimolini qanday oshirsa bo‘ladi?

Homiladorlikning 1-haftasi

Homilador bo‘lishni rejalashtirar ekan, har bir bo‘lg‘usi ona homiladorlikning akusherlik va embrional muddati o‘rtasidagi farq to‘g‘risida, ayol organizmining urug‘lanishga tayyorlanishi haqida oldindan bilib qo‘ysa hamda bolani qorinda ko‘tarib yurish vaqtida nimalardan voz kechish, nimalardan ehtiyot bo‘lish va o‘zining hamda tug‘ilajak farzandining salomatligini qanday qilib mustahkamlash kerakligini yaxshilab bilib olsa yomon bo‘lmaydi.