Skip to main content

Ayollar uchun homiladorlik haqida sayt

Homiladorlikning 30-haftasi

Homiladorlikning 30-haftasi – bu ko‘p narsani anglatadi. Birinchidan, ona qornidagi bola – muayyan ko‘nikma va reaksiyalarga ega bo‘lgan, amalda shakllanib qolgan odamcha hisoblanadi. Ikkinchidan, dekretga chiqish vaqti kelgan. Uchinchidan, tug‘ruqqa oz qolgan. Hozir u – sizning jimitingiz qanday? UZIda nafaqat inson bolasining aniq chizgilarini ko‘rish mumkin, balki uning qanday nafas olayotganini, ona qornidan tashqarida bo‘lganida […]

Homiladorlikning 29-haftasi

Dekret ta’tiliga chiqishdan oldingi oxirgi hafta – homiladorlikning 29-haftasi yetib keldi. Ba’zi baxtli ayollar allaqachon dekretga chiqib bo‘lishgan, va nihoyat ular butun diqqat-e’tiborlarini to‘lig‘icha homiladorlikning yakuniy bosqichiga qarata oladilar. Endi siz har bir yangi belgini sabrsizlik bilan kutasiz va kichkintoy bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rasiz. Shifokorga tez-tez qatnashingizga to‘g‘ri keladi, yosh onalar maktabiga ham borish vaqti […]

Homiladorlikning 28-haftasi

Hozir siz homiladorlikning yettinchi oyi o‘rtasida turibsiz. 28-hafta – bu endi uchinchi trimestr degani. Tug‘ruqqacha unchalik ko‘p vaqt qolgani yo‘q, lekin unga tayyorgarlik ham ko‘rish kerak. Ba’zida seziladigan lohaslik dam olish kerakligini eslatib tursa-da, ko‘pchilik ayollar bu muddatda ishlashda davom etishadi. Darhaqiqat, dekret ta’tiliga ham oz qoldi. Siz hali ham odatdagi kun tartibi bilan yashayapsiz, […]

Homiladorlikning 27-haftasi

Siz homiladorlikning uchinchi trimestriga o‘tmoqdasiz, vujudingizdagi yangi hayotning yettinchi oyi boshlandi. Erkin harakatlanish va o‘ynab-kulish tobora qiyinlashib boradi: har holda mazkur haftalarda yukingiz og‘ir-da. Nafas olish, o‘tirish, uxlash va harakatlanish qiyinlashgan. Lekin agar siz homiladorlar uchun mo‘ljallangan maxsus fitnes bilan shug‘ullangan bo‘lsangiz, o‘z tanangizni nazorat qilish ancha oson kechadi. Homiladorlikka 27–28 hafta bo‘lganda kichkintoy ancha […]

Homiladorlikning 26-haftasi

Ikkinchi trimestr yakunlanmoqda – homiladorlikning 26-haftasiga qadam qo‘ydingiz. Bo‘lg‘usi onaning qorni kindikdan 6 sm ga yuqorilashgan, siz endi tom ma’noda o‘zingizni homilador his etasiz. Tasavvur qiling: bachadoningiz hozir kattagina tarvuzdek keladi! Tug‘ruqqa tayyorgarlik ko‘rishni boshlash va maxsus kurslarga yozilish vaqti keldi. Holatingiz endi hammaga ma’lum, ko‘plar sizga maslahat va savollar beraverishdan charchamaydi. Qorinning shakliga qarab […]

Homiladorlikning 25-haftasi

Homiladorlikning 25-haftasidan keyin bola tushib qolishi xatari ancha kamayadi deb hisoblanadi. Shu tufayli bu muddatni bo‘lg‘usi onalar uchun psixologik jihatdan ahamiyatli deb hisoblasa bo‘ladi. Hatto barvaqt tug‘ish ham bolaning yashab qolishiga imkon beradi. Ayol tezkor sur’atda vazn yig‘adi, u 6–7 kg ga og‘irlashgan, tug‘ruqqacha sizga ko‘pi bilan yana 5 kg vazn yig‘ishga “ruxsat beriladi”. Bolachalar […]

Homiladorlikning 24-haftasi

Homiladorlikning 24-haftasi – onalar uchun yangicha hissiyotlarning ayni vaqti. Kichkintoy shiddat bilan vazn yig‘adi, buni o‘zingiz ham sezib turasiz. Uning turtishlari yanada sezilarli bo‘lib qolgan, vaqt o‘tgan sayin siz bu yoqimli ishoralarga ko‘nikib borasiz. Lekin shunday ajoyib pallada bo‘lg‘usi onani oyoqlardagi og‘irlik, oshqozon va qovuq atrofida noqulayliklar qiynashi mumkin. O‘zingizga nisbatan ehtiyotkorona, g‘amxo‘rona munosabatda bo‘lsangiz, […]

Homiladorlikning 23-haftasi

Homiladorlikning 23-haftasi – juda ajoyib kechadigan ikkinchi trimestr davom etmoqda. Ko‘pgina ayollar sochlarining har qachongidan quyuqlashganini, terilarining esa yaltirayotganini qayd etadilar. Bunda garmonlarga «rahmat» deyish kerak, ko‘rib turganingizdek, ular o‘zlarini faqatgina toksikozda namoyon etmaydilar. Yeyayotgan narsangizga e’tiborli bo‘ling. Qabziyat va jig‘ildon qaynashini keltirib chiqaradigan ovqatlar hozir sizga taqiqlanadi. Oyoqlaringizda og‘irlik sezilishi mumkin. Ortiqcha toliqishga yo‘l […]

Homiladorlikning 22-haftasi

Homiladorlikning 22-haftasi – kichkintoyning organizmi borgan sayin takomiliga yetib boradi. Bolakay onasiga chambarchas bog‘langan, shu jumladan emotsional jihatdan ham. Sizning barcha his-hayajonlaringiz bolaga o‘tadi. Siz uchun uzoq vaqt tik turish, o‘tirish, bir xildagi yumush bilan shug‘ullanish og‘irlik qilayotgan bo‘lsa ehtimoldan xoli emas. Homiladorlikning keyingi kechishi va kichkintoy o‘zini qanday his qilishi bo‘lg‘usi onaning qanchalik o‘z […]

Homiladorlikning 21-haftasi

Homiladorlikning beshinchi oyi amalda oxiriga yetib qoldi. Tug‘ishga to‘rt oy qoldi, ushbu g‘oyatda muhim voqeaga tayyorgarlik ham ko‘rish lozim, balki maxsus kurslarga yozilib qo‘yish ham kerak bo‘lar. Homiladorlikning 21-haftasiga kelib ko‘p ayollar 4 kg atrofida vazn yiqqan bo‘ladilar, buyog‘iga vazn to‘plash yanada tezlashadi. Bo‘lg‘usi ona fusunkor ko‘rinishga ega: teri, sochlar va tirnoqlar o‘z holati bilan […]