Ayollar uchun homiladorlik haqida sayt

Homiladorlik birinchi oyining yakunlanishi OXG (odamning xorionik gonadotropini) konsentratsiyasining sezilarli darajada oshishi bilan namoyon bo‘ladi. OXG – xabardor qiluvchi gormon. Uni shunday atasak ham bo‘ladi. Testdagi ikkita chiziqcha aynan shu gormon tufayli yuzaga keladi.

To‘rtinchi hafta esa ayol o‘zini homilador yoki homilador emasligi to‘g‘risida eng ko‘p shubha qiladigan muddat hisoblanadi.

Shu davrda ayol qayta-qayta homiladorlik testini o‘tkazaveradi. Agarda OXG darajasi ko‘tarilgan bo‘lsa, orziqib kutilgan ikki chiziqcha yuzaga keladi-qoladi. Bunga shubha qilmasangiz ham bo‘laveradi.

Ehtimolni qanday qilib aniqlasa bo‘ladi

Albatta, homiladorlik testi yordamida OXGning aniq darajasini aniqlab bo‘lmaydi. U faqat ijobiy natija to‘g‘risida belgi beradi xolos. O‘zining faol hozir bo‘lganligi bilan yaxshi mujdadan darak beradi.

OXGga qon tahlili esa aniqroq usuldir. Bu usul nafaqat organizmda homiladorlik ro‘y berganini, balki uning muddatini ham aniqlash imkoniyatni beradi.

Shuni qayd etish kerakki, mazkur gormonning darajasi, birinchi navbatda qon tarkibida ko‘payadi, ana undan keyin «pastroqqa tushadi» va o‘z konsentratsiyasini siydikda davom etadi. Ya’ni agar homiladorlik bor-yo‘qligi xususida shubha paydo bo‘lgudek bo‘lsa, qon tahlili buni homiladorlik testidan ko‘ra bir necha hafta oldinroq tasdiqlab berishi mumkin.

Deerma DEM-F628S havo namlagichi

mahsulotlari arzon narxlarda

Kafolat 12 oy

255,000 so'mdan boshlab

Batafsil

Kunlar bo‘yicha, haftalar bo‘yicha

Agar siz homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan va buni kutayotgan bo‘lsangiz hamda bir kun ham mavhumlikda yurishni istamasangiz, u holda tibbiyot xodimlari oxirgi ko‘rilgan hayzning birinchi kunidan keyin 3–4 hafta o‘tiboq OXGga qon tahlilini topshirishni maslahat berishadi.

Statistikaga ko‘ra, ayollarning 5 foizida bo‘yida bo‘lgandan keyin 8 kun, aksariyat ayollarda esa – 11–12 kun o‘tgach OXG darajasi oshadi.

Endi agar OXGning qondagi darajasi sinchiklab kuzatiladigan bo‘lsa, qayta tahlil qilinganida gormonning darajasi oldingi galga nisbatan 1,5–2 marotabaga oshib ketgani namoyon bo‘ladi. Nima ham derdik, tabriklaymiz, endi “ona” degan unvonni ko‘tarib yurishga tayyorgarlik ko‘ravering. Faol OXG buni aniq tasdiqlab turibdi.

Ikkiga ko‘paytiramiz

Homiladorlikning birinchi haftalarida OXG darajasi, ta’bir joiz bo‘lsa, tinim bilmay o‘sadi va ko‘payib boraveradi. Uning darajasi har ikki kunda (yanada aniqroq aytsak, har 48–72 soatda) ikki baravarga oshib boraveradi.

Tibbiyot xodimlari har ikki kunda 60 foizga oshishini ham me’yor deb biladilar.

Agar gap homiladorlikning 4–5-akusherlik haftalari (ya’ni bo‘yida bo‘lgan paytidan boshlab 2–3-haftalari) xususida ketadigan bo‘lsa, u holda mazkur muddat uchun OXGning me’yordagi darajasi 101–4870 mU / mL (millilitrga millibirliklar) ni tashkil etadi. Gap 5–6-akusherlik haftalari (bo‘yida bo‘lgan paytdan boshlab 3–4-haftalari) haqida borganda esa, bunda me’yor darajasi umuman boshqacha bo‘ladi – 1110–31500 mU / mL.

Hamma ayollar uchun OXG dinamikasining yagona qoidalari mavjud emas. Bularning barchasi individual tartibda yuz beradi. 4-haftadan boshlab to 9-haftaga qadar gormonning darajasi har 3,5 kunda ikki baravarga oshadi – bu raqamni to‘rtinchi haftangizda asos qilib olavering.

Siz o‘zingizga va homiladorligingiz kechishiga jiddiy e’tibor berib to‘g‘ri qilyapsiz. Axir orziqib kutilayotgan shirin pallani o‘z nazoratingizga olsangiz, buning nimasi yomon?