Ayollar uchun homiladorlik haqida sayt

Ko‘k choyning farzand kutayotgan va ayniqsa homiladorlikning birinchi trimestrida turgan ayollarga foydaliligi masalasi ko‘pgina bahslarga sabab bo‘ladi. Ayrimlar ko‘k choyning salomatlik uchun foydasi bor deb, uni tavsiya qilsalar, boshqalar bu fikrni qat’iyan rad etishadi, asl haqiqatni esa mazkur mahsulotning foyda va zararlarini o‘rganib chiqqach bilib olsa bo‘ladi.

Ko‘k choy foydali, sababi u:

  • Organizmni zarur vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlaydi. Bunday choy kalsiy, temir va magniyga shuningdek immunitet mustahkamlanishiga ko‘maklashuvchi tabiiy antioksidantlarga boy. Immuntitet mustahkamligi esa o‘z navbatida muhim ahamiyatga ega, sababi homiladorlikda antibiotiklardan uzoqroq bo‘lish tavsiya etiladi;
  • Homiladorlik vaqtida ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan qand darajasini me’yorda ushlab turilishiga ko‘maklashadi, sababi organizmda ishlab chiqarilayotgan gormonlar uni insulinga nisbatan ojiz qilib qo‘yishi mumkin;
  • Organizmda yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishiga qarshilik qilib turadi hamda tish va milklar holatining yaxshilanishini ta’minlaydi;
  • Yurak faoliyatini yaxshilaydi;
  • Saraton hujayralari paydo bo‘lishining oldini oladi;
  • Hazm qilish tizimini barqarorlashtiradi va oshqozon-ichak trakti faoliyatini normal holda amalga oshirishini ta’minlaydi;
  • Toksikozni yengillashtiradi;
  • Qonda xolesterin miqdorini o‘z me’yoriga keltiradi va pirovardida arterial qon bosimi normallashadi.
Deerma DEM-F628S havo namlagichi

mahsulotlari arzon narxlarda

Kafolat 12 oy

255,000 so'mdan boshlab

Batafsil

Ko‘k choy xavflidir, chunki:

  • Nima bo‘lganda ham unda kofein bor, uni 400 ml va undan ko‘p miqdorda (kuniga olti piyoladan ortiq) muntazam iste’mol qilish homilaning rivojlanishini sekinlashtiradi, ba’zida esa bola tushib qolishiga ham olib kelishi mumkin;
  • Bundan tashqari, foliy kislotasining samarasini pasaytiradigan moddalarga ega, vaholanki foliy kislotasi birinchi trimestrda asosan homilaning asab tizimini shakllantiradi.

Afsuski, ko‘k choyning ona va homila organizmlari uchun xavfli yoki xavfsiz ekanligi haqida to‘la-to‘kis javob bera oladigan atroflicha tadqiqotlar mavjud emas. Shuning uchun ko‘k choyga nisbatan o‘z me’yorida iste’mol qilinsa, foydali bo‘ladigan har qanday mahsulot kabi munosabatda bo‘lsak adolatli bo‘ladi. Homiladorlikning birinchi trimestrida turgan ayollar uchun ko‘k choyning eng ko‘p miqdori kuniga ikki-uch piyolani tashkil etishi mumkin. Homiladorlikning qolgan trimestrlarida uning miqdorini to‘rt-besh piyolagacha ko‘tarsa bo‘ladi.

Ko‘k choyning eng xavfli komponenti kofein bo‘lgani sababli mazkur moddaning miqdori kamroq uchraydigan choy navlariga afzallik berish tavsiya etiladi, shuningdek tarkibida kofein bo‘lgan mahsulotlar – shokolad, kofe va boshqalardan voz kechish lozim bo‘ladi.