Ayollar uchun homiladorlik haqida sayt

Bolaga yukli bo‘lgan ayolning vazn yig‘ishi tabiiy. Bu esa har bir ayolni vazn yig‘ishda achinadigan emas, balki xursand qiladigan birdan-bir sababdir.
Homiladorlikda fusunkor bo‘lgan ayol shu go‘zalligini tug‘ruqdan keyin ham saqlab qolishni istaydi. Shuning uchun har bir grammni hisoblab borish unga malollik tug‘dirmaydi. Ayol kishi homiladorlik paytida ham o‘ziga qaraydi. Ayol o‘z holati haqida hamma narsani bilgisi keladi, shu bois ham uni nazoratga oladi!

Bizga kaloriya kerak

Alohida fiziologik qonuniyatlarga ko‘ra, har bir ayolning vazn yig‘ish sur’ati o‘ziga xosdir. Ishtahaning ko‘tarilishi yoki pasayishi, toksikozning bor-yo‘qligi – u yoki bu vazn miqdori yig’ilishining asosiy omillari hisoblanadi.

Ba’zi haftalarda siz ko‘proq gramm yig‘asiz, ba’zilarida esa – kamroq . Birinchi trimestrda qo‘shimcha grammlar o‘rtacha 1500 ni tashkil etadi.

Ya’ni buni kaloriyaga nisbatan olganda, homilador ayol o‘zini mustahkam tutib yurishi va bolani ham vitamin hamda minerallarning kerakli miqdori bilan ta’minlab turishi uchun ona birinchi trimestrda qo‘shimcha ravishda (bola uchun) kuniga 150–200 kilokaloriya qabul qilishi kerak bo‘ladi.

Nima yesam ekan…

Homiladorlikning birinchi trimestri oxirida odamni hali-hanuz “nimadir” yesammikan degan xohish tark etmagan bo‘ladi. Ya’ni qat’iy istaklar uzoq saqlanib turmaydi, balki ular umuman paydo bo‘lmasligi ham mumkin. Faqat xayoliy “nimadir” paydo bo‘ladi, uni odam juda-juda istaydi, lekin qayerdan olishni o‘zi bilmaydi.

O‘z xohish-istaklarimizni tartibga sola olmasak, kaloriyani biz quyidagi foydali mahsulotlardan olamiz: turshak, mayiz, xurmo, yorma (sutli), mevalar hamda qatiq.

Garchand toksikoz qiynasa-da, baribir yeyish kerak. Mayli kam-kamdan bo‘lsin, lekin albatta yeyish kerak.

Homiladorlikda ko‘pchilikka yoqadigan shokoladni esa kamroq iste’mol qilgan ma’qul: to‘g‘ri, u xohlaganizcha kaloriya beradi, lekin organizmingizni ko‘p miqdorda kofein bilan ham to‘ldirib tashlaydi. Axir siz bilasizku, kofein – bola uchun kislorod o‘z vaqtida yetkazib berishiga javob beradigan foliy kislotasi va temir moddasining o‘zlashtirilishiga monelik qiladi.

Deerma DEM-F628S havo namlagichi

mahsulotlari arzon narxlarda

Kafolat 12 oy

255,000 so'mdan boshlab

Batafsil

Semirish kerakmi yoki ozishmi?

Umuman olganda, homiladorlikning birinchi trimestri oxirlarida ishtaha bo‘lmasligi va ozgina ozish bolaga katta zarar yetkazmaydi.

Biroq har bir ona vazn yig‘ish muhimligini esdan chiqarmasligi lozim… Kerakmi, demak kerak. Aks holda sog‘lom farzandni qanday qilib dunyoga keltirmoqchisiz?

Amerikalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqning vazni hamda kattaligiga ona tanasining yog‘siz (sira yog‘li emas!) massasi ta’sir qilar ekan. Shunday ekan, bo‘lg‘usi onalarga qarata bemalol aytishimiz mumkin: homiladorlik vaqtidagi yog‘siz massaning oshishi kelgusida sizning qomatingizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Agar bo‘lg‘usi ona haqiqatan ham og‘ir vaznlilar sirasidan bo‘lsa, unga birinchi trimestr davomida qo‘shimcha 800 grammgina yig‘sa yetadi.

Mazkur muddatda tez sur’at bilan vazn yig‘ish – och o‘tirish va yengil-yelpi ovqatlanish uchun asos bo‘la olmaydi. “Shildir suv” sho‘rva na sizga va na bolangizga foyda beradi.

Juda ozishni istasangiz, bunga hali ulgurasiz. Tug‘ruqdan keyin ozishingiz aniq – kichkintoyingiz bunga kafolat beradi.