Homiladorlikning o‘n birinchi haftasi – birinchi trimestr ortda qolmoqda, toksikoz chekinmoqda, ona genetik UZIga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayol organizmidagi moddalar almashinuvida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
Aksar yosh onalarga tanish holat – sizni go‘dagingiz bilan tug‘ruqxonadan uyga olib kelishdi, mana u uyg‘ondi, yig‘lashni boshladi, endi nima qilish kerak? Hamshiralarning va palatadagi tajribali hamxonalarning hushyor rahbarligi ostida chaqaloqni parvarishlash bo‘yicha qimmatli tajriba to‘plashga ulgurmagan ayollarni ayniqsa vahima bosadi.
Ayrim ota-onalar bolaga ozor berish yoki qo‘ldan tushirib yuborishdan xavfsirab hatto uni ko‘tarishga ham qo‘rqishadi. Shunga o‘xshash xavotirlarni boshdan kechirmaslik uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqni to‘g‘ri parvarishlashni bilish lozim.